Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelidagi portlashga omborda saqlangan kimyoviy moddalar sabab bo‘lgan – OAV

Sergelidagi portlashga omborda saqlangan kimyoviy moddalar sabab bo‘lgan – OAV

Toshkentning Sergeli tumanidagi portlash sodir bo‘lgan omborda kimyoviy vositalar saqlangan. Bu haqda Bugun.uz o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga kimyoviy vositalarni saqlashda xavfsizlik qoidalari qo‘pol buzilishi sabab bo‘lgan.

Omborda xavfsizlik qoidalariga zid ravishda saqlangan kimyoviy vositalar o‘zaro reaksiyaga kirishgan. Buning oqibatida avval yong‘in kelib chiqqan, so‘ng kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda mazkur hodisa ortidan  IIV Tergov departamenti tomonidan JKning 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqidagi rasmiy ma’lumot tarqatilgan, xolos.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring