Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini belgilashga doir hujjatni ma’qulladi

Senat O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini belgilashga doir hujjatni ma’qulladi

Senatorlar bugungi yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni ko‘rib chiqishdi.

Hujjat Prezidentlar Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan 2022-yil 21-dekabr kuni imzolangan edi.

Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi chegaraning demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 356  kilometrdan ortiq.

Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring