Senat O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini belgilashga doir hujjatni ma’qulladi
Senatorlar bugungi yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni ko‘rib chiqishdi.
Hujjat Prezidentlar Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan 2022-yil 21-dekabr kuni imzolangan edi.
Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi chegaraning demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 356 kilometrdan ortiq.
Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter