Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat 2024 yilgi budjetnomani ko‘rib chiqadi

Senat 2024 yilgi budjetnomani ko‘rib chiqadi

Oliy Majlis Senatining qirq sakkizinchi yalpi majlisi 18-dekabr kuni soat 10:00 da o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda, jumladan:

  • «2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi;
  • «2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi;
  • «Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
  • Senatorlar, shuningdek, «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi hamda «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika hududida Internet va aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar ham muhokama qilinadi.

Yalpi majlis kun tartibi doirasida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar ham muhokama etiladi.

Senatorlar Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»da belgilangan vazifalar ijrosi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishining oldini olishda atmosfera havosini muhofaza qilish hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan vazirlikning axborotini eshitish, shuningdek, Senat kengashining qarorlarini tasdiqlash kabi masalalarni ham ko‘rib chiqadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring