Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanepid qo‘mitaga oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati topshirildi

Sanepid qo‘mitaga oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati topshirildi

Joriy yil 18-apreldagi «Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini  rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni bilan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati bo‘yicha vakolatli organ vazifalari Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Bunda 2025-yil 1-avgustdan oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi hamda Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari daxldor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.

Sanitar, fitosanitar va veterinariya nazorati sohasidagi quyidagi tartib-taomillarga majburiy amal qilish 2025 yil yakunigacha talab qilinmaydi, jumladan:

  • mahalliy va import oziq-ovqat mahsulotlari uchun sanitariya va epidemiologiya xizmatlarining laboratoriyalari natijalariga asosan sanitariya-epidemiologik xulosa olish orqali sertifikatlash;
  • barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, bolalar ovqatlari, terapevtik va profilaktik ovqatlanish uchun parhez oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari va yangi retseptlar yoki yangi texnologiya asosida yaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun barcha texnik hujjatlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash;
  • o‘simlik mahsulotlari, mato, ipak, charm, o‘yinchoqlar, sport inventari va boshqalar uchun veterinariya sertifikatini olish.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring