Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda kuchli shamol sababli ayrim hududlar elektr ta’minotidan o‘chirildi

Samarqandda kuchli shamol sababli ayrim hududlar elektr ta’minotidan o‘chirildi

Samarqand viloyatida kuchli shamol natijasida soat 11:30 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi,

Kuchli shamol tufayli Jomboy, Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

«Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», – deyiladi xabarda.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida kuchli chang to‘zon va bo‘ronlar kuzatilayotgani aks video xabarlar tarqamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring