Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublikaning 14 hududida «Yangi Nafas» yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

Respublikaning 14 hududida «Yangi Nafas» yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

Joriy yil 12-mart kuni Toshkent shahrida V Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi. Mazkur xalqaro marafon doirasida Toshkent shahri va yana 13 ta hududda bir vaqtning o‘zida tashkil etiladigan «Yangi Nafas» ommaviy yugurish musobaqalaridan aholi orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti maqsad qilinmoqda.

«Yangi Nafas» ommaviy yugurish tadbirlarining bu galgi musobaqalari to‘rtta yo‘nalishda o‘tkaziladi. Ya’ni, 21 kilometrdan iborat yarim marafon, 42 kilometr masofani qamrab olgan marafon, 10 va 3 kilometrli ommaviy yugurish dasturlari, shuningdek bir  kun oldin 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi kichik yugurish musobaqalaridan iborat bo‘ladi.

Yana bir e’tiborli jihati, mazkur musobaqalarda imkoniyati cheklangan, nogironligi mavjud insonlarning qatnashishi uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Tadbirda fuqaroligidan qat’i nazar, barcha xohlovchi sportchilar va yuguruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, joriy yil o‘tadigan ommaviy yugurish tadbirlari 25 ming nafarga yaqin qatnashchini qamrab olishi kutilmoqda. 

Ishtirok etish istagida bo‘lganlar to‘liq ma’lumotni quyidagi havoladan olishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring