Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Radar jarimalarini o‘chirib beruvchilar»ning qo‘lga olingani yolg‘on bo‘lib chiqdi

«Radar jarimalarini o‘chirib beruvchilar»ning qo‘lga olingani yolg‘on bo‘lib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Radar bazasidan ma’lumotlarni «o‘chirib beruvchilar» qo‘lga olindi» mazmunidagi xabar tarqaldi.

Unda «huquqni muhofaza etuvchi organlarning qo‘shma tadbirida, bir nafar IT-xodim va ikki nafar jismoniy shaxslarning o‘zaro til biriktirib, ma’lum haq evaziga foto-radarlar qayd qilgan ma’lumotlarni o‘chirib kelganligi» aytiladi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yuqoridagi xabar yolg‘on va asossiz bo‘lib, Departament tomonidan xabarda aytilgan davrda bu kabi tadbir o‘tkazilmagan.

Qolaversa, ushbu xabarga ilova qilingan fotosurat Departamentning rasmiy telegram kanalida 2022-yil 5-yanvarda e’lon qilingan xabardan olib qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring