Qurilish firmalarining soliqdan qarzi 820 mlrd so‘mga yetgan – Soliq qo‘mitasi
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 1-may holatiga qurilish sohasida soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori mavjud bo‘lgan korxonalar soni 968 taga yetgan. Ularning jami soliq qarzi 820,4 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Shundan, 324,2 mlrd so‘mi, ya’ni 39,5 foizi 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari, jumladan, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 373,8 mlrd so‘m, Toshkent shahri bo‘yicha – 101,9 mlrd so‘m hamda Andijon viloyati bo‘yicha – 81,1 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter