Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobus yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Qozog‘istonda YTHga uchragan avtobus yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Bir muddat oldin bugun, 27-avgust kuni «Toshkent–Bishkek» yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus Turkiston viloyatining Shakpak qishlog‘i yaqinidagi chorrahada yo‘l chetiga chiqib ketgani haqida xabar berilgan edi.  

O‘zbekiston transport vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur avtobus 26-avgust kuni soat 22:00 da «Toshkent» avtovokzalidan ikki nafar haydovchi va 47 nafar yo‘lovchi bilan yo‘lga chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 12 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Ushbu avtobus Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 7-uyda joylashgan MChJga tegishli bo‘lib, 2022-yil 18-martda mazkur avtobusga litsenziya varaqasi Transport vazirligi tomonidan berilgan.

2018-yilda ishlab chiqarilgan «Yutong» rusumli avtobus oxirgi marta 2022-yil 17-martda Toshkent shahri IIBB YHXB RIBda texnik ko‘rikdan o‘tgan bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan MChJ rahbariyati va korxonada harakat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodimlar bilan vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring