Qoraqalpog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri deputat etib saylandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Jo‘qorg‘i kengesning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylovda 5 nafar nomzod deputat etib saylandi.
Ular orasida joriy yil 26-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimidan olinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Orinbayev Amanbay Tleubayevich ham bor.
Bunga qadar A.Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, A.Orinbayev bilan birgalikda yana 4 nafar nomzod – Zorkina Galina Aleksandrovna, Saparbayev Rustam Tursinbayevich, Nao‘rizov Qalbay Togayevich hamda Yeshanov Suyeubay Aliyevichlar ham Jo‘qorg‘i kenges deputatlari sifatida ro‘yxatga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter