Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri o‘zgardi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri o‘zgardi. Ushbu lavozimga Omarov Mamanbiy Allabergenovich tayinlangan.
Mazkur tayinlov Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinboyevning respublika hududida transport xizmatini ko‘rsatish borasidagi ishlarni takomillashtirish hamda yo‘l qo‘yilgan xatolarga bag‘ishlangan yig‘ilishida e’lon qilingan.
M. Omarov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Xalqaro aloqalar, logistika va eksportni rag‘batlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Yig‘ilishda, shuningdek, tizimda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Qoraqalpog‘iston transport vazirining o‘rinbosari va vazirlik huquqshunosi lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, Mamanbiy Omarov bu lavozimda Saparov Sultanbay Perdebayevichni almashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter