Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda qotillikka qo‘l urgan shaxs qidirilmoqda

Qo‘qonda qotillikka qo‘l urgan shaxs qidirilmoqda

Joriy yilning 21 iyun kuni Qo‘qon shahar shoshilinch yordam ko‘rsatish markaziga 1998 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan O.Z. o‘ng ko‘krak qafasi oldi tomoni teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan jarohatlari bilan vafot etgan holda shifoxonaga olib kelingan.

Ma’lum bo‘lishicha,  shu kuni soat 21:00 larda O.Z. o‘rtoqlari bilan Dang‘ara tumanidagi «Marokash» nomli choyxonada o‘tirgan vaqtida, 1998 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan Jo‘rayev Ulug‘bek Avazjon o‘g‘li bir nechta o‘rtoqlari bilan choyxonaga kelib, fuqaro O.Z.ni o‘zlari turgan joyga chaqirib, o‘zaro gap talashib janjallashib, yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan O.Z.ning o‘ng ko‘krak qafasiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada O.Z tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda gumondor Jo‘rayev Ulug‘bek Avazbek o‘g‘lini qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

«Agarda Siz, Jo‘rayev Ulug‘bek Avazbek o‘g‘li haqida biror-bir ma’lumotga ega yoki uning noqonuniy harakatlaridan jabr ko‘rib, tazyiqiga uchragan bo‘lsangiz darhol yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki «102» qisqa raqamiga murojaat qilishingiz so‘raladi. Shaxsingizni sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring