Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qon aeroportiga birinchi texnik reys amalga oshirildi

Qo‘qon aeroportiga birinchi texnik reys amalga oshirildi

Farg‘ona viloyatida «Qo‘qon» aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi.

Bugun, 20-mart kuni ertalab aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi – «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining A320 NEO samolyoti ekipaji Qo‘qon aeroportiga qo‘ndi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirilgan hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilingan. Shuningdek, aeroportda 100 kishiga mo‘ljallangan 900 kv.m maydonli yangi yo‘lovchi terminali qurildi.

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining tajribali uchuvchilari tomonidan Toshkent –   Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan texnik parvoz aerodromning samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga hamda terminalning yo‘lovchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi», – deyiladi rusmiy xabarda.

Aytilishicha, muntazam parvozlar 2024-yil 1-apreldan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring