Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizlari bilan terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lgan toshkentlik ayol qidiruvga berildi

Qizlari bilan terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lgan toshkentlik ayol qidiruvga berildi

Toshkent shahrida qizlari bilan birga Suriyadagi terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan ayol qidiruvga berildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2015 yilda 42 yoshli M.L. Moskva shahrida yashovchi D. bilan «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ida tanishib qolgan. Erkak uni Rossiyaga borishga undagan. M.L. «Jihodchilar» terrorchilik tashkiloti a’zosi D. ning da’vati bilan avval Ozarbayjonga, undan esa Turkiya orqali Suriyaga borgan. Ayol va uning 1998 va 2000 yillarda tug‘ilgan ikki qizi Suriyada «Hayyat tahrir ash-sham» jangarilari safiga borib qo‘shilgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda qatnashish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Suriyada terrorchilik tashkilotiga rahbarlik qilgan o‘zbekistonlik erkak halok bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring