Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda molxonadan 27 yoshli ayolning jasadi topildi

Qashqadaryoda molxonadan 27 yoshli ayolning jasadi topildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida molxonadan 27 yoshli ayolning jasadi topildi. Bu haqda «Millar» teledasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Koson tumani «Beshqo‘tan» mahallasida yashagan 1996 yilda tug‘ilgan ayol joriy yil 2 iyun kuni soat 13:30 larda ruhiyatidagi o‘zgarishlar sababli yashash xonadonidagi molxonaga o‘zini o‘sib qo‘ygan.

Biroq marhumaning onasi ayol eri tomonidan urib o‘ldirilgan degan gumonga bormoqda.

«Bir kun qizim uyga kelganida «onajon kuyovingiz meni o‘ldiraman deyapti» deb aytdi. Men ishonmadim. «Bolam 3 ta farzandlaring bor, bunday qilmaydi», dedim. Keyin bir kuni kuyovim menga qo‘ng‘iroq qilib, «qizingiz o‘zini osmoqchi» deb aytdi. Men qizimga «sen shunday qilmoqchimisan» desam, qizim «onajon kuyovingiz aldayapti» deb javob berdi», – deydi marhumaning onasi.

Marhumaning jasadini ko‘rgan guvohning aytishicha, ayolning bo‘yin qismida qo‘l izlari bo‘lib, tanasida ko‘plab jarohatlar bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Marhumaning o‘limi yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring