Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda fuqaroni «shantaj» qilganlar ushlandi. Ulardan biri 76 yoshda

Qashqadaryoda fuqaroni «shantaj» qilganlar ushlandi. Ulardan biri 76 yoshda

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida fuqaroni sharmanda qiluvchi soxta foto va videotasvirlar tayyorlab, ularni Telegram kanallarida taqatib, uni o‘chirish evaziga pul talab qilgan shaxslar ushlandi.

IIV Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, 38 yoshli B.U.ning arizasiga asosan olib borilgan surishtiruv ishlari natijalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni Dehqonobod tumanida yashovchi 38 yoshli M.R. hamda 76 yoshli fuqaro N.S.lar sodir etilganligi aniqlandi.

Ular foto va videolarni o‘chirib tashlash evaziga B.U.dan 8 mln so‘m pul talab qilgan.

Hozirda jinoyat sodir etgan M.R. va N.S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, M.R. va N.S. lar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring