Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 57 yoshli shifokor kaltaklandi

Qashqadaryoda 57 yoshli shifokor kaltaklandi

2022-yil 14-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasida anesteziolog-reanimatolog bo‘lib ishlab kelayotgan 57 yoshli shifokor kaltaklandi.

Viloyat SSB bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘sha kuni bo‘limga 1970-yilda tug‘ilgan D.O. ismli bemor olib kelingan. Unga gipertoniya tashxisi qo‘yilib, tezkor tibbiy yordamga kirishilgan. Soat 21:00 lar atrofida davo muolajalari davom etayotgan paytda jarayonga xalaqit berayotgan bemorning 25 yoshlar atrofidagi o‘g‘li va jabrlanuvchi shifokor T.Hamroyev o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Oqibatda bemorning o‘g‘li shifokorga musht ko‘targan. 

Ma’lum qilinishicha, shifokorga «bosh miya shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, burun suyagining ochiq sinishi, burun asosi ezilib, yirtilgan jarohati, yuqori jag‘ o‘ngdan qoziq tishning travmatik sinishi, ikkala qovoq-burun asosi gematomalari» tashxisi qo‘yilgan va travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

T.Hamroyev 32 yildan buyon G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasida ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring