Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qalbaki dollarga «Iphone 13 pro» sotib olmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Qalbaki dollarga «Iphone 13 pro» sotib olmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Jizzax viloyatida qalbaki pullarga kiyim-kechak hamda «Iphone 13 pro» xarid qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. Namangan shahridagi «Chorsu»  bozorida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar I.G‘. va M.I.dan xarid qilgan liboslari uchun 2 dona qalbaki 100 AQSh dollari berganligi aniqlanib, A.A.ning yonidan yana 10 dona qalbaki 100 AQSh dollarlik kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, J.A. «OLX» saytida sotuvga qo‘ygan «Iphone 13 pro» rusumli uyali aloqa vositasini xaridor O‘.J.ga 1 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, uchrashuv paytida xaridor O‘.J. unga 100 AQSh dollarlik 10 dona qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlanib, ushbu kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring