Pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar belgilandi

Joriy yil 19-yanvarda qabul qilingan «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi qonun bilan pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar belgilandi.
Bunda pulli to‘xtab turish joylarining egalari ushbu joylardan foydalanganlik uchun to‘lov miqdorini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori bo‘lmagan tariflar bo‘yicha mustaqil ravishda belgilaydi.
To‘lov naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz, to‘lov tizimlaridan, shu jumladan avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Pulli to‘xtab turish joylarining egalari ushbu joylardan bepul yoki imtiyozli foydalanish huquqi beriladigan foydalanuvchilar hamda transportlarning ro‘yxatini belgilash huquqiga ega.
Ular, shuningdek:
- pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etishi;
- pulli to‘xtab turish joylari tashkil etilgan hududda yo‘l belgilari o‘rnatilishini, shuningdek videokuzatuv tizimlari yoki qo‘riqlashning boshqa texnik vositalari o‘rnatilishi va uzluksiz ishlashini ta’minlashi;
- to‘xtab turish joyining kirish yoki undan chiqish joyiga tutash bo‘lgan to‘xtab turish joylari orasidan nogironligi bo‘lgan shaxslar boshqaradigan yoki ularni tashiydigan transportlar uchun joylar ajratilishini ta’minlashi shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter