Prezident yig‘ilishda fosh qilingan qator «qo‘shib yozishlar»ni tilga oldi
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, o‘tgan yili budjetdan 1,2 trillion so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 milliard so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Prezident Mirziyoyev bu borda shu kunga qadar fosh qilingan qator «qo‘shib yozishlar»ni tilga oldi.
Masalan, Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblab, noqonuniy o‘zlashtirilgan.
Yoki, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari «Yagona buyurtmachi xizmati» kompaniyalari 18 ta ob’yektda amalda bajarilmagan 50 milliard so‘mlik ishlarni hisobotlarga qo‘shib yozgan.
Sergeli obodonlashtirish boshqarmasida aslida ishlamagan xodimlarga 4,3 milliard so‘m to‘langan.
Qo‘shrabot ta’lim bo‘limi buxgalteri tomonidan 3 milliard so‘m naqd pul va 1,5 milliard so‘m mablag‘ plastik karta orqali noqonuniy o‘zlashtirilgan.
«O‘zgidromet» rahbariyati budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan asossiz 1,3 milliard so‘m ssuda olgan, shuningdek, o‘zlariga bir necha karra ko‘p mukofotlar yozib kelgan.
Davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi va mablag‘larning budjetga qaytarilishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter