Pedofillarni kimyoviy bichish masalasi bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga pedofillarni kimyoviy bichish masalasidagi murojaat joylandi. Endi mazkur murojaat 90 kun ichida kamida 10 mingta ovoz yig‘sa, bu masala ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun Oliy Majlis palatalari tomonidan reglamentlari asosida tartibga solinadi.
Murojaatda so‘nggi kunlarda jamoatchilik orasida keng muhokama bo‘layotgan Xorazmdagi mehribonlik uyi bilan sodir bo‘lgan voqea eslanadi va bu turdagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq yoki kimyoviy bichish usuli tarzidagi jazo choralarini taklif qiladi.
«Qizlarni majburlab zo‘rlash yoki fohishalikka majburlanishi butun umrlik kuchaytirilgan tartibdagi qamoq jazosiga hukm qilinishi yoki jinsiy aloqa qilgan erkakni kastratsiya qilish bo‘yicha jazolarni tayinlashni taklif etaman. Buni qonunchilikka kiritish zarur», – deydi petitsiya muallifi.
Petitsiyaga ovoz berish ushbu havolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter