Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgidromet: hafta o‘rtasida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zgidromet: hafta o‘rtasida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zgidromet bergan xabarga ko‘ra, joriy yilning 26-30 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, 26-28 mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, joriy yilning 26-31 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralyapti.

Rasmiy xabarda respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli va bu hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligi aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring