Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan xorijliklar soni oshmoqda – statistika

O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan xorijliklar soni oshmoqda – statistika

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 254,1 ming nafarga yoki 2,5 baravarga oshgan.

Hisobot davrida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha: 

 — qarindoshlarni yo‘qlash – 379,6 ming kishi

— dam olish – 26,9 ming kishi

— xizmat yuzasidan – 8,2 ming

— davolanish – 5,0 ming kishi

— tijorat – 2,8 ming kishi

— o‘qish maqsadida – 1,2 ming kishi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda 5,2 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Va bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 3,4 mln. nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan.   

   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring