Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni ko‘paygan – statistika

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni ko‘paygan – statistika

O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki 4 oyida 280,8 mingta tirik tug‘ilishlar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich, 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,7 foizga oshgan.

Statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilganlarning farzandlar ketma-ketligi bo‘yicha soni:

  • Birinchi (to‘ng‘ich) farzand – 66,6 mingta
  • Ikkinchi farzand – 91,2 mingta
  • Uchinchi farzand – 80 mingta
  • To‘rtinchi va undan keyingi farzand – 43 mingta.

Ma’lumot uchun, joriy yil boshida Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari O‘zbekiston aholisining soni 2035-yilga borib 45 milliondan oshishi mumkinligini bashorat qilib, mamlakatning sezilarli demografik o‘sish imkoniyatlari haqida to‘xtalgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring