Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda soliq tushumlari hajmi 17,2 foizga oshgan

O‘zbekistonda soliq tushumlari hajmi 17,2 foizga oshgan

Monitoring natijalariga ko‘ra,  joriy yilning 1-yanvaridan 30 noyabrigacha bo‘lgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,2 foizga oshgan.

Bu ko‘rsatkich Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining har oy o‘tkazadigan hududlardagi ishbilarmonlik faolligi tahlilida hisoblab chiqildi.

Jumladan, Farg‘ona (34,2 foiz), Samarqand (34,0 foiz), Buxoro (32,6 foiz), Jizzax (31,7 foiz), Sirdaryo (29,6 foiz) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (31,9 foiz) va Toshkent shahrida (42,7 foiz) soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

Budjetga soliq tushumlarining o‘sishi barqaror tendensiyani saqlab kelmoqda.

Tahlilarga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi davomida soliq tushumlarining o‘sishiga: qo‘shilgan qiymat solig‘i (32,6 foiz) va aylanmada olinadigan soliq (44,4 foiz) katta ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, yil boshidan buyon tashkilotlar tomonidan to‘langan daromad solig‘i 53,8 foizga ko‘paydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring