Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qidiruvga berilgan firibgar Istanbulda qo‘lga tushdi

O‘zbekistonda qidiruvga berilgan firibgar Istanbulda qo‘lga tushdi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2022-2023 yillarda O‘zbekiston hududida firibgarlik jinoyatini sodir etib, 2023-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 1992-yilda tug‘ilgan Muqimjonov Doniyorjon Murodil o‘g‘li joriy yilda Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

O‘zgalarning umumiy hisobda qariyb 60 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarini o‘zlashtirganlikda ayblangan D.Muqimjonov bugun, 10 sentyabr kuni O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Bosh konsulxona ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi diplomatik idorasiga yoki O‘zbekiston IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

«Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi», – deyiladi diplomatik idora xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring