Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kuchli zilzilalarni qayd etuvchi stansiyalar soni 200 tagacha yetkaziladi

O‘zbekistonda kuchli zilzilalarni qayd etuvchi stansiyalar soni 200 tagacha yetkaziladi

2024-2026 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda kuchli zilzilalarni qayd etuvchi stansiyalar sonini bosqichma-bosqich 200 taga yetkaziladi.

Bu haqda «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga doir Davlat dasturida belgilab qo‘yildi.

Bunda xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimi bilan integratsiyalashuv asosida Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi samaradorligini oshirish nazarda tutilmoqda.               

Jumladan, 2024-yil iyun Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga ulangan qo‘shni respublikalarning seysmik stansiyalarini milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘iga integratsiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, joriy yil avgustga qadar qo‘shni respublikalar bilan seysmik ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri real vaqt rejimida almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Yuqoridagi chora-tadbirlar Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring