Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kartoshkaning yangi – ertapishar navi yaratildi

O‘zbekistonda kartoshkaning yangi – ertapishar navi yaratildi

O‘zbekiston seleksioner olimlari mamlakat tuproq iqlim sharoitiga mos kartoshkaning ertapishar «Toshkent ertagisi» navini ixtiro qildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu yangi nav 2023-yilda Intellektual mulk agentligi tomonidan patentlashtirildi.

Qayd etilishicha, yangi kartoshka navi mavjud navlardan bir nechta ustunlik jihatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, u ultrayertapishar nav, mavjud mahalliy ertapishar navlardan 10-12 kun vaqtli yetiladi.

Uning vegetatsiya davri ya’ni unib chiqishidan toki palak qurigunicha muddati 65-70 kundan iborat. Nav yuqori unumdor tuproqqa talabchan, virusli kasalliklarga bardoshli ekanligi bilan ham ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida kartoshkaning yangi 11 ta mahalliy navlari ixtiro qilingan.

Ma’lumot uchun, Respublikadagi barcha toifa xo‘jaliklarda 2022-yil hosili uchun 221,5 ming gektarga kartoshka ekilgan bo‘lib, jami 3,4 mln tonna (2021-yilga nisbatan 200 ming tonna ko‘p) kartoshka yetishtirilgan.

2023-yil hosili uchun esa jami 3,7 mln tonna kartoshka yetishtirish belgilab olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring