Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘yindan o‘t chiqdi: Istanbulda o‘zbekistonlik xonadoshini otib qo‘ydi

O‘yindan o‘t chiqdi: Istanbulda o‘zbekistonlik xonadoshini otib qo‘ydi

Joriy yilning 9-aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari Instagram tarmog‘iga to‘pponcha bilan video olib joylamoqchi bo‘lgan.

22 yoshli S.Gebbarov xonadoshi U.Rahmatilloyev tomonidan otib qo‘yilgan. S.Gebbarovning bosh qismiga otilgan o‘q natijasida o‘sha yerda vafot etgani aytilmoqda. U.Rahmatilloyev esa mahalliy politsiya tomonidan ushlangan. 

U.Rahmatilloyevning ko‘rsatmasiga ko‘ra, ikki o‘rtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib o‘tirishgan. S.Gebbarov to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan. U.Rahmatilloyev to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab bilmasdan otib qo‘ygan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi vafot etgan fuqaroning jasadini Vatanga jo‘natish bo‘yicha ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring