Joriy yilida bog‘chalardan boshlang‘ich sinflarga qariyb 650 ming bola o‘tkazilgan
2022-2023-o‘quv yili yakunida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 647 655 nafar 7 yoshli bolalar boshlang‘ich ta’lim bilan qamrab olindi.
Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2021-2022-o‘quv yilida 566 996 nafarni tashkil etganbo‘lib, joriy yildagisidan 80 659 nafarga kamroq.
Eslatib o‘tamiz, Statistika agentligi 2022/2023-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni qariyb 6,5 mln nafarni tashkil etgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edi.
Shundan, 1–4-sinf o‘quvchilari soni 2,5 mln nafarni yoki jamiga nisbatan 39,4 foizni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter