Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ndan ortiq narkotik moddalar savdosiga aloqador shaxslar ushlandi  

O‘ndan ortiq narkotik moddalar savdosiga aloqador shaxslar ushlandi  

Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmalari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 12 nafar giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi.

Jumladan, Xizmatning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan 1970 yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, hozirda Kogon tumanidagi fermer xo‘jalikda qorovul bo‘lib ishlovchi fuqaro ushlandi va undan kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 581 gr. «opiy» moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor surishtiruv harakatlari davomida Buxoro shahrida yashovchi, 62 yoshli fuqaro ushbu narkosavdogardan muqaddam 158 gr. «opiy» moddasini sotib olganligi aniqlanib, undan ham ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga olib kelingan.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa «Surxondaryo – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt  avtomashinasi «Sirdaryo» YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Denov tumanida yashovchi, 26 yoshli fuqaro yonida 286 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan olib kelingan.

Bu yo‘nalishda Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari ham boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazishdi.

Dastlab, Farg‘ona shahrida yashovchi, 25 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Malibu avtomashinasi «Quva - Farg‘ona» yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilganda, u xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysinmasdan, voqea joyidan qochishga uringan.

Biroq, tezkor guruh tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida avtomashina to‘xtatilib, uning haydovchisi va salonida bo‘lgan 2 nafar fuqaro ushlandi hamda ular tomonidan yo‘l chetiga uloqtirib yuborilgan 905 gr. «gashish» moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

So‘ngra Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Matiz avtomashinasi Marg‘ilon shahrida to‘xtatilib tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Namangan shahrida yashovchi, 34 yoshli fuqaroga tegishli 925 gr. «gashish» moddasi borligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib ushbu narkotik moddalarni Tojikiston Respublikasidan buyurtma qilib, Qirg‘iz Respublikasi orqali olib keltirgan Beshariq tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan shaxs ham ushlandi.

Boshqa holatda esa Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 34 yoshli fuqaro Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 957 gr. «gashish» moddasini olib, yo‘lovchi mashinada Quva tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

«Namangan - Qo‘qon» yo‘nalishida harakatlanayotgan, Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, 27 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Lacetti avtotransport vositasi Qo‘qon shahri hududida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida 833 gr. «gashish» moddasi borligi ma’lum bo‘ldi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  https://t.me/xavfsizlik_uz/851

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring