Nodirbek «Norway Chess 2023» turniri blits yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi
![Nodirbek «Norway Chess 2023» turniri blits yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4077501633.jpg)
Norvegiyaning Stavanger shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Norway Chess 2023» turnirining blits yo‘nalishida grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 9 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘arib, g‘alabaga erishdi.
Shuningdek, u blits reytingini 2700 dan oshirib olgan.
Bugun klassik yo‘nalishda dunyoning eng kuchlilari o‘rtasida turnirga start beriladi va 9-iyunga qadar davom etadi. Unda Magnus Karlsen, Aliriza Firuzja va dunyoning boshqa yetakchi shaxmatchilari ham ishtirok etadi.
«Norway Chess 2023» turniri sovrin jamg‘armasi 2,5 million kron (taxminan 243 ming dollar) bo‘lib, g‘olib 750 ming kron (taxminan 67,6 ming dollar) oladi.
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek shaxmat bo‘yicha ChessKid Cup–2023 onlayn musobaqasi grand finalida ham amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi dona surgan va g‘olib bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter