Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nig‘matulla Yo‘ldoshev Bosh prokuror lavozimiga yangi muddatga ma’qullandi

Nig‘matulla Yo‘ldoshev Bosh prokuror lavozimiga yangi muddatga ma’qullandi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 95 hamda 109-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzod Prezident tomonidan taqdim etiladi va Senat yalpi majlisida senatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shunga asosan Senatning 53-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga yangi muddatga taqdim etilgan Nig‘matulla To‘lqinovich Yo‘ldoshevning nomzodi ko‘rib chiqildi hamda ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, Senat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori nomzodini 5 yil muddatga tasdiqlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring