Nashriyot va matbaa korxonalari 5 yilga soliqlardan ozod qilinyapti
Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarurligini qayd etdi.
Davlat rahbari, mazkur korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5 yilga soliqlardan ozod qilinishini ma’lum qildi. Shuningdek, ularga imtiyozli kreditlar ham ajratiladi.
Prezident tarjimonlikdek mas’uliyatli mehnatni munosib rag‘batlantirish uchun ulug‘ shoir va tarjimon Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etishni taklif etdi.
Hududlardagi bolalar kutubxonalari bosqichma-bosqich bolajonlarimizning sevimli maskaniga aylantirilishi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter