Mustaqillik bayrami kunlari poyezdlar qatnovi uchun ham chegirmalar e’lon qilindi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 2022-yil 1–4-sentyabr kunlari ichki yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlari tarif qismidan kiritilgan chegirmalar joriy etmoqda.
Unga ko‘ra:
– nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50 foiz;
– oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15 foiz;
– oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15 foiz;
– bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa (yo‘riqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15 foiz;
– «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10 foiz.
Qayd etilishicha, imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter