«Milliy gvardiya xodimi»ning ishi sudga oshdi. U nomusga tegishda ayblanyapti
Joriy yilning aprelida Toshkent viloyati «Qo‘riqlash» bo‘limi safdor xodimining 13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
O‘sha paytda mazkur ish viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan va Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Oliy sud axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur jinoiy ish ayni kunlarda jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan.
Qayd etilishicha, 30 yoshli fuqaro Sh.Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan ayblanyapti. U Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Qibray tumani Qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz bo‘lgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining 2023-yil 29-iyuldagi ajrimi bilan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 118-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar bilan bog‘liq jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter