Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meva va yong‘oqlarning 2017-2022-yillar oralig‘idagi eksport dinamikasi

Meva va yong‘oqlarning 2017-2022-yillar oralig‘idagi eksport dinamikasi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari meva va yong‘oqlarning 2017-2022-yillar oralig‘idagi eksport dinamikasini tahlil qildi.

Tahlil natijalari 2017-2022-yillarda meva va yong‘oqlar eksporti qiymati (TIF TN 08) 1,5 barobar oshganligini ko‘rsatdi, ya’ni 2017-yilda eksport hajmi 417,2 million AQSh dollarini, 2022 yilda esa 618,6 million AQSh dollarini tashkil etgan.

Ayniqsa, tarvuz (152,2 marotaba), olcha (58,3 marotaba), qulupnay (52,7 marotaba), anjir (41,4 marotaba) va quritilgan olma (15,1 marotaba) eksporti juda tez sur’atlar bilan o‘sgan.2022-yilda meva va yong‘oqlar eksporti tarkibida sarxil uzum eng katta ulush (31,7 foiz) ga ega bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinni mayiz (13,6 foiz), uchinchi o‘rinni shaftoli (11,0 foiz) egallagan. Undan keyingi o‘rinlarni xurmo (8,4 foiz), gilos (5,4 foiz), olxo‘ri (5,0 foiz), qovun (3,1 foiz), tarvuz (2,9 foiz), yong‘oq (1,8 foiz) kabi mahsulotlar egallaydi.

2017-2022-yillarda meva va yong‘oqlar eksporti geografiyasi Belgiya, Jazoir, Meksika, Braziliya, Slovakiya kabi yana 18 ta mamlakatga kengaydi. 

An’anaviy eksport bozorlari beshtaligini Rossiya (361,3 million AQSh dollari), Qozog‘iston (118,4 million AQSh dollari), Qirg‘iziston (26,4 million AQSh dollari), Xitoy (19,2 million AQSh dollari) va Turkiya (13,6 million AQSh dollari) tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring