Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda kulolchilik sexi tomonidan 1 mlrd. so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

Namanganda kulolchilik sexi tomonidan 1 mlrd. so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

Yangi Namangan tumanidagi o‘ziga qarashli  kulolchilik sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 2,6 mln. metr kub. 1 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan kulochilik sexi egasi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati 

Bosh prokuratura tadbirkorlarni energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishga chaqirgan.

«Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring