Kelgusida o‘zbekistonliklarga elektr energiya sotuvchisini tanlash imkoniyati berilishi mumkin
Kelgusida energetika sohasidagi monopoliyaga barham berilishi mumkin.
Bu haqda «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov ma’lum qildi.
U, endilikda energiya ishlab chiqarish va sotishda monopol mavqe bo‘lmasligini aytgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston energetika sohasiga jiddiy o‘zgarishlar olib kiradigan «Energetika to‘g‘risida»gi qonun loyihasi partiya fraksiyasining 8 iyuldagi navbatdagi yig‘ilishida ikkinchi o‘qishda ma’qullangan.
«Mobil aloqada xizmat ko‘rsatadigan kompaniyani tanlaganingizdek energiya sotadigan kompaniyani ham tanlash huquqingiz bo‘ladi. Energiya ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyalar orasida raqobat bo‘ladi. Amaldagi qonunda bu taqiqlangan edi. Monopolist tashkilot bizga xohlagan narxida elektr energiya yetkazib berar va biz to‘lamay qolgan qismini budjetdan «qurtday» sanab olar edi», – deydi Alisher Qodirov.
Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash, elektr energiyasi bilan ta’minlash, markaziy xaridorning funksiyalarini bajarish, elektr energiyasi savdosi, importi va eksporti litsenziya asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter