Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy davlatga ishga yuborish uchun fuqarolardan 136 mln so‘m olgan firibgar ushlandi

Xorijiy davlatga ishga yuborish uchun fuqarolardan 136 mln so‘m olgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.Yu. fuqaro Q.I.ni 12 000 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni va’da qilib, oldindan 48 mln so‘m va 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan,

Shuningdek, O.Yu. muqaddam 2 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborish evaziga 4 800 AQSh dollari va 88 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring