Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbuldagi teraktda o‘zbekistonliklar jabrlanmagan – Bosh konsulxona

Istanbuldagi teraktda o‘zbekistonliklar jabrlanmagan – Bosh konsulxona

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Istanbul gubernatorligi bilan bog‘lanib kecha Istanbul shahrining Istiqlol ko‘chasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida yaralangan va shifoxonaga keltirilgan shaxslar haqida ma’lumot olgan.

«Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan», – deyiladi Bosh konsulxona xabarida. 

Qayd etilishicha, voqea natijasida yaralangan 81 nafar shaxsdan 8 nafari xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan.

Shu bilan birga, rasmiy ma’lumotlarda e’lon qilingan 6 nafar vafot etgan va 81 nafar yaralanganlardan tashqari turli xil yengil darajadagi shikastlar olib shifoxonaga murojaat qilmagan holda tibbiy yordam olgan fuqarolar ham bo‘lib, ular orasida o‘zbekistonliklarning bor-yo‘qligi aniqlanayotgani aytildi.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning Istanbul shahrida sodir bo‘lgan portlashda O‘zbekiston fuqarosi Islam Kaparzo ham jabrlangani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq uning o‘zi videomurojaat qilib, oyog‘idan yengil jarohat olganini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring