Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV «Ashxobod» parkidagi vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi

IIV «Ashxobod» parkidagi vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi

Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni hamoya qilish bayrami munosabati bilan Toshkent shahrining ayrim hududlarida katta tirbandlik kuzatildi.

IIV axborot xizmatining ma’lum qilishicha, «Ashxobod» ko‘ngilochar bog‘ida bugun soat 12.00larda tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi axborot ortidan, poytaxt aholisi va mehmonlardan iborat juda ko‘p fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bog‘ atrofida to‘planishlari natijasida, unga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda boqqa olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga keldi.

Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, tiqilinchlarni va yo‘llardagi tirbandliklarni bartaraf etish ishlari olib borilyapti.

«Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan», – deyiladi rasmiy axborotda.

Shuningdek, poytaxtdagi jamoat joylarida bayram munosabati bilan tashkil etish rejalashtirilgan turli «Tekinga narsa tarqatish» kabi aksiyalar to‘xtatilganligi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring