Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IHT Tashqi ishlar vazirlari Toshkentda uchrashadi

IHT Tashqi ishlar vazirlari Toshkentda uchrashadi

2023-yilning 23-yanvar kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar yuqori mansabdor shaxslari kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Turkiya, Eron va Pokiston delegatsiyalari hamda IHT Kotibiyati ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F.Sidiqov va tashkilot Bosh kotibi H.Noziriy ochib berdi. IHT Bosh kotibi mazkur uchrashuvni o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan tashkiliy va mazmunli ishlarni yuqori baholab, mintaqaviy hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Bugun kun davomida tadbir ishtirokchilari 24-yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishini amaliy darajada muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlarini olib boradilar.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring