Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabz shahri 2024 yilda IHT turizm poytaxti etib tanlandi

Shahrisabz shahri 2024 yilda IHT turizm poytaxti etib tanlandi

Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammiti davom etmoqda. Sammitda tashkilotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri turizm ekani ta’kidlandi.

Bu borada Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Xusrav Noziriy ham o‘z fikrlarini bildirdi.

– Hamkorligimizning yana bir ustuvor yo‘nalishi turizmdir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Shahrisabz shahri 2024-yilda IHT turizm poytaxti etib tanlangani bilan tabriklayman.

Va, biz shu yil doirasida Shahrisabz shahrida tegishli turizm tadbirlari o‘tkazilishini maqsad qilganmiz. Ushbu tadbirlar nafaqat Shahrisabz shahrida, balki Tashkilotning barcha mintaqasida turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi, – deydi u.

Noziriy, shuningdek, tashkilot doirasida transport va kommunikatsiya masalalariga katta e’tibor qaratilayotgani, chunki bu tashkilot faoliyatining muhim yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

– Bu borada turli transport-tranzit loyihalari, jumladan, mintaqamizning Sharqi va G‘arbini, Shimoli va Janubini bog‘lovchi yo‘laklarni amalga oshirmoqdamiz. Bu masalalar muhokama qilindi va O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli transport-kommunikatsiya sohasidagi ushbu loyihalarning barchasini amalga oshirishda juda muhim rol o‘ynaydi, – deydi IHT bosh kotibi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring