Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert: «Avialogistika sohasini kuchaytirishimiz kerak»

Ekspert: «Avialogistika sohasini kuchaytirishimiz kerak»

«Yangi aviakompaniyalar strategiyasini to‘g‘ri yo‘naltirishi kerak», – deydi «HAMD BUSINESS NETVORKS» MChJ  rahbari Abdurahmon Hakimov.

O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida 9 ta davlat  va hukumat rahbarlaridan tashqari turli soha ekspertlari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Abdurahmon Hakimovning so‘zlariga ko‘ra, bu tashkilot doirasida e’tiborga loyiq yo‘nalishlardan biri logistika sohasidir. 

«IHT 16-sammitda dinimiz, tilimiz, qadriyatlarimiz mushtarak bo‘lgan davlatlar vakillari qatnashayotgani juda muhim, ya’ni munosabat o‘rnatish oson. Tashkilot sabab 300 ta tadbirkorning yig‘ilishi juda katta gap. Bu nafaqat iqtisodiy, savdo, balki logistika, turizm sohasi uchun ham foydali bo‘ldi. Asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanamiz. Bu forum doirasida Eron, Qozog‘iston, Pokiston davlatlari bilan shartnoma imzoladik, ya’ni  transport-logistika infratuzilmasini samarali boshqarish masalalari bo‘yicha», – deydi Hakimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston va Eronni bizning yengil sanoat mahsulotlarimiz va logistika sohasi ko‘proq qiziqtirgan.

«Bu mamlakatlar orqali jahon bozoriga chiqishimiz mumkin.  Ammo yana bitta muammolardan biri Pokiston davlatidan kelgan savdo tashkiloti vakillari mashaqqatli yo‘l bilan kelayapti, ya’ni 12 soat vaqt sarflagan. Yangi aviakompaniyalar strategiyasini to‘g‘ri yo‘naltirishi kerak, deb o‘ylayman, shunda turizm ham rivojlanadi. Avialogistika sohasini kuchaytirishimiz kerak. Agar bu sohani to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak dengiz portlariga chiqishimiz mumkin. Savdo hajmini kengaytirishimiz mumkin. Qo‘shimcha qiymatga, ya’ni qadoqlashga ham e’tibor qaratishimiz lozim», – deydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz sammitda Prezidentimiz o‘z nutqida o‘zaro transport-kommunikatsiya bog‘liqligini kuchaytirish haqida so‘z yuritar ekan, a’zo davlatlarning aksariyati dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega emasligini alohida ta’kidlagandi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring