Hindistonda o‘zbekistonlik ayol kontrabanda dorilari bilan qo‘lga olindi
Kecha, 4-avgust kuni Nyu-Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida nazoratchilar dori vositalarini noqonuniy olib o‘tishga uringan o‘zbekistonlik ayolni hibsga oldi.
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan E.A. Air Astana reysi orqali Olmaotaga uchayotgan bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, uning yuklari tekshirilayotgan paytda uchta qutida katta miqdordagi dori vositalari topilgan.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, uning buyumlari orasidan topilgan dori vositalari 7,5 million rupiy (taxminan 91,1 ming AQSh dollari)ga baholangan.
Ayolda dori-vositalarini olib yurish uchun tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan. Ayni paytda dori-darmonlar musodara qilingan.
Hozirda mahalliy bojxona organi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter