Hindistonda noqonuniy hibsda ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayollar haqida ma’lumot berildi
Hindistonning ayrim OAVda ushbu davlatning Bihar shtatida hibsda ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayollar haqida ma’lumotlar tarqatilgagnidan so‘ng O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi masalaga oydinlik kiritish maqsadida holatni o‘rgandi va vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik uch nafar ayol 2021-yil oktyabr oyida Hindiston-Nepal chegarasining Bihar shtatidagi hududidan noqonuniy tarzda o‘tayotganda qo‘lga olingan. Lekin Arariya shahridagi birinchi instansiya sudi 2022-yil avgust oyida O‘zbekiston fuqarolarini mamlakat hududidan chiqarib yuborish (deportatsiya qilish) to‘g‘risida chiqargan qaroriga qaramasdan turli byurokratik to‘siqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi sababli ular haligacha ushlab turilgan.
Elchixona xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari yoki ularning yaqinlari ham o‘z vaqtida ushbu masala yuzasidan tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilmagan.
“Elchixona tomonidan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi va Bihar shtatining tegishli idoralari bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar o‘tkazilmoqda. Vaziyat nazoratga olindi va fuqarolarimizni Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda”, – deyiladi “Dunyo” AA xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter