Farg‘onadagi voqea ortidan 3 nafar IIO xodimi lavozimidan ozod etildi
Farg‘ona shahridagi «Yandeks» haydovchisi va fuqaro o‘rtasidagi janjal ortidan 3 nafar IIO xodimi egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganliklari uchun Farg‘ona viloyati IIB patrul-post xizmati otryadi safdor xodimlari V.N., E.P hamda guruh komandiri kapitan Z.O. egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.
Shuningdek, Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni komandiri H.S.ga nisbatan «Xayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 avgust kuni Farg‘ona shahrida «Yandeks» haydovchisi va mijoz yo‘l o‘rtasida janjallashib ketgan edi. Keyinchalik, haydovchi bilan janjallashgan shaxs javobgarlikka tortildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter