Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada yotoqxonasida giyohvand moddasini saqlab kelgan shaxs ushlandi

Farg‘onada yotoqxonasida giyohvand moddasini saqlab kelgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro o‘z yotoqxonasida «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani fosh etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning 04 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Tepaqo‘rg‘on mahalla hududida yashovchi H.N.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasida «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring